Ochkolar va bonuslarni hisoblash

Tarqatishning oxirida ochkolar hisoblanadi. Ochkolar har bir oʻyinchining qoʻlini boshqalar bilan juft taqqoslash orqali hisoblanadi. Har bir juftlikda tegishli kombinatsiyalar taqqoslanadi: katta bilan katta, oʻrta bilan oʻrta va kichik bilan kichik. Agar qatorlardan birida durang boʻlsa (masalan, agar ikkita oʻyinchi birdaniga pastki qatorda teng flush boʻlsa), hech bir oʻyinchi bu qoʻl uchun ochko olmaydi.

Uch oʻyinchidan iborat oʻyinda hisob-kitob qilish

Agar uchta kishi oʻynayotgan boʻlsa, unda ularning qoʻllari juft boʻlib taqqoslanadi va har bir juftlikdagi ochkolar soni hisoblab chiqiladi. Shundan soʻng har bir oʻyinchining ochkolari jamlanadi va partiyadagi yakuniy ochko aniqlanadi. DAstlab tugmadan keyin oʻtirgan oʻyinchilarni hisoblanadi. Keyin tugmadan keyin birinchi oʻtirgan oʻyinchi tugmadagi oʻyinchining oʻzi bilan hisoblashadi. Keyin tugmadagi oʻyinchi ikkinchi oʻyinchi bilan hisoblashadi.

Ochkolarni hisoblash qoidalari (scoring)

Xitoy ochiq pokerida 1-6 ochko hisoblash (1–6 scoring) usulidan foydalanilmaydi. Oʻyinchi har bir yutilgan qatori uchun 1 ochkoni qoʻlga kiritadi. Agar 3 ta qatorning barchasini yutgan boʻlsa, oʻyinchi qoʻshimcha 3 ochkoni qoʻlga kiritadi.

Oʻlik qoʻl

Agar tarqatish tugaguniga qadar oʻyinchi qatorlar kuchi tartibini buzadigan kombinatsiya toʻplagan boʻlsa (katta quti qolganlaridan kuchsizroq boʻlib qolsa yoki oʻrta quti kichigidan kuchsizroq boʻlib qolsa), demak uning qoʻli "oʻlik" deb e'lon qilinadi. Bunday holda, oʻzaro hisob-kitoblar paytida ushbu oʻyinchi uchta qatorda ham barcha raqiblarga yutqazgan deb hisoblanadi. Agar ikki yoki undan ortiq oʻyinchida "oʻlik qoʻl" boʻlsa, unda bu oʻyinchilar juft boʻlib taqqoslashda 0 ball oladi.

Bonuslar (Royalties)

Gʻoliblik uchun ochkolardan tashqari, barcha oʻyinchilarga tarqatish natijalaridan qat'i nazar, toʻplangan kombinatsiyalar uchun bonuslar ham beriladi. Oʻlik qoʻllar uchun bonuslar berilmaydi. Quyida bonuslar jadvali berilgan:

Qator Kombinatsiya Amerika Qoidalari
Pastki chiziq Straight 2
Flush 4
Full House 6
Kare 10
Straight-flush 15
Royal flush 25
Oʻrta qator Set 2
Straight 4
Flush 8
Full House 12
Kare 20
Straight-flush 30
Royal flush 50
Yuqori qator 66 1
77 2
88 3
99 4
TT 5
JJ 6
QQ 7
KK 8
AA 9
222 10
333 11
444 12
555 13
666 14
777 15
888 16
999 17
TTT 18
JJJ 19
QQQ 20
KKK 21
AAA 22